Akkaunt va ma'lumotni o'chirish
Jony Student ilovasi · Oxirgi yangilanish: 15-Avgust 2026
Jony Student akkauntini va u bilan bog'liq ma'lumotlarni o'chirishni
so'rash mumkin. So'rov bepul.
Qanday so'rov yuboriladi
- Quyidagi manzilga xat yuboring:
jahongirzohidov07@gmail.com
- Xat mavzusiga yozing: Akkauntni o'chirish so'rovi
- Xat ichida ko'rsating: ism-familiya, telefon raqami
va o'qigan filial (agar bilsangiz — guruh nomi).
Yoki o'qiyotgan filialingiz administratoriga og'zaki ayting —
u ham so'rovni ro'yxatga oladi.
Qancha vaqtda bajariladi
So'rov 30 kun ichida ko'rib chiqiladi va bajariladi.
Bajarilgach, siz xabardor qilinasiz.
Nimalar o'chiriladi
| Ma'lumot |
Nima bo'ladi |
| Login va parol |
Butunlay o'chiriladi — ilovaga kirish to'xtaydi |
| Telefon raqami, shaxsiy aloqa ma'lumotlari |
Butunlay o'chiriladi |
| Coinlar, reyting, o'yin natijalari |
Butunlay o'chiriladi |
| Davomat, baholar, imtihon natijalari |
Ism-familiyadan ajratiladi (anonim qilinadi) yoki o'chiriladi |
| To'lov yozuvlari |
Buxgalteriya hujjati sifatida qonun talab qilgan muddat
saqlanadi, keyin o'chiriladi |
To'lov yozuvlari darrov
o'chirilmasligining sababi — O'zbekiston qonunchiligi buxgalteriya
hujjatlarini ma'lum muddat saqlashni talab qiladi.
Faqat ba'zi ma'lumotni o'chirish
Butun akkauntni emas, faqat bir qism ma'lumotni (masalan, telefon
raqamini) o'chirishni so'rasangiz — xatda shuni yozing.
Bog'lanish
jahongirzohidov07@gmail.com
English. To request deletion of your Jony Student account and
associated data, email
jahongirzohidov07@gmail.com
with the subject "Account deletion request", stating your full name,
phone number and branch. Requests are processed free of charge within
30 days. Login credentials, contact details, coins, ranking and game
results are deleted permanently; attendance and grade records are
anonymised or deleted; payment records are retained for the period
required by Uzbek accounting law and then deleted.