Maxfiylik siyosati
Jony Student ilovasi · Oxirgi yangilanish: 15-Avgust 2026
Bu hujjat Jony Student ilovasi (keyingi o'rinlarda — "Ilova")
foydalanuvchilarning qanday ma'lumotlarini yig'ishi, ulardan qanday
foydalanishi va ularni qanday himoya qilishini tushuntiradi.
Ilova Jony Academy o'quv markazi o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
1. Kim javobgar
2. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Ilovadan foydalanish uchun o'quvchi o'quv markaz bergan login bilan
kiradi. Quyidagi ma'lumotlar saqlanadi:
- Shaxsni tanish ma'lumotlari — ism-familiya, telefon
raqami, login. Bu ma'lumotlar o'quv markazga ro'yxatdan o'tishda
beriladi.
- O'quv ma'lumotlari — guruh, davomat, baholar, imtihon
natijalari, uy vazifalari, to'plangan coinlar va reyting.
- To'lov holati — to'langan summa va qarz balansi.
Ilova bank kartasi ma'lumotlarini so'ramaydi va saqlamaydi.
- Texnik ma'lumotlar — kirish vaqti va xatolik jurnallari
(xavfsizlik va nosozliklarni tuzatish uchun).
3. Nima yig'ilmaydi
- Joylashuv (GPS) ma'lumotlari — yig'ilmaydi.
- Kontaktlar, SMS, qo'ng'iroqlar tarixi — o'qilmaydi.
- Kamera va mikrofon — ishlatilmaydi.
- Bank kartasi raqamlari — saqlanmaydi.
- Reklama identifikatorlari — ishlatilmaydi.
Ilovada reklama yo'q.
4. Ma'lumotlar nima uchun ishlatiladi
- O'quvchini tanib, uning shaxsiy kabinetini ko'rsatish uchun.
- Davomat, baho, uy vazifasi va to'lov holatini ko'rsatish uchun.
- Coin va reyting tizimini yuritish uchun.
- Dars jadvali va o'quv markaz xabarlarini yetkazish uchun.
Ma'lumotlar reklama maqsadida ishlatilmaydi va uchinchi shaxslarga
sotilmaydi.
5. Ma'lumotlar kimga ko'rinadi
- O'quvchining o'ziga — to'liq.
- O'quv markaz xodimlariga (ustoz, administrator, rahbariyat) —
faqat o'z vazifasi doirasida.
- Boshqa o'quvchilarga — faqat reytingdagi ism va ball.
6. Ma'lumotlar qayerda saqlanadi
Ma'lumotlar shifrlangan aloqa (HTTPS) orqali uzatiladi va himoyalangan
bulut ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Kirish parollari ochiq holda
saqlanmaydi. Ma'lumotlar o'quvchi o'quv markazda o'qigan davrda va undan
keyin qonun talab qilgan muddat davomida saqlanadi.
7. Bolalar ma'lumotlari
Ilovadan 13 yoshgacha bo'lgan o'quvchilar ota-onasi roziligi bilan
foydalanishi mumkin. Ota-ona istalgan vaqtda farzandi ma'lumotlarini
ko'rish yoki o'chirishni so'rashi mumkin — buning uchun o'quv
markazga yoki yuqoridagi elektron pochtaga murojaat qiling.
8. Sizning huquqlaringiz
- O'zingiz haqingizdagi ma'lumotni ko'rish va nusxasini olish.
- Noto'g'ri ma'lumotni tuzatishni so'rash.
- Akkauntni va ma'lumotlarni o'chirishni so'rash —
bu sahifada tartibi yozilgan.
9. O'zgarishlar
Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana
o'zgartiriladi.
10. Bog'lanish
jahongirzohidov07@gmail.com
English summary. Jony Student is a private app for students of
Jony Academy (Uzbekistan). It stores the student's name, phone number,
group, attendance, grades, homework, coin balance and payment balance,
all of which are provided to the learning centre at enrolment. The app
does
not collect location, contacts, SMS, camera, microphone or
advertising identifiers, does
not store bank card details, shows
no ads, and never sells data to third parties. Data is transmitted over
HTTPS and stored in a secured cloud database. To request access,
correction or deletion of your data, email
jahongirzohidov07@gmail.com
or see the
data deletion page.